25 Noyabr 2021 yil 359

O‘g‘irlangan velosiped egasiga qaytdi

2021 yil 23 noyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 noyabr' kuni soat 16:00 larda noma'lum shaxs, yashash xonadoni kirish yo‘lagida bo‘lgan narxi 1.820.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Davlatobod TIIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atigan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech