7 Oktyabr 2020 yil 528

O‘g‘irlangan velosiped egasiga qaytarildi.

2020 yil 5 oktyabr kuni Namangan tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, narxi 2.520.000 so‘mlik “Komfort” rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu hududda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech