4 Iyun 2021 yil 339

O‘g‘irlangan telefon va kompyuter egasiga qaytarildi.

Shu yil 3 iyun' kuni, Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro Pop tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 21 may kuni Pop tumani Chodak qishlog‘idagi “Kemping” nomli dam olish joyidagi xonalardan biriga kelib joylashganligini, 22 may kuni soat
02:30 dan 05:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida u yotgan xonaga noma'lum shaxs kirib, narxi 1.000.000 so‘mlik 1 dona “MI-6” rusumli uyali telefon apparatini va narxi 5.000.000 so‘mlik 1 dona “HP” rusumli noutbukini sumkasi bilan o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech