29 Iyul 2023 yil 222

O‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi

2023-yil 20-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turib, Davlatobod tumanida yashovchi, Namangan davlat universitetining 3-bosqich talabasi, 2001-yilda tug‘ilgan qiz ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 05:00 larda Davlatobod tumanidagi 43-sonli MTM oldida nomaʼlum shaxs uni qo‘lida bo‘lgan narxi 600 AQSH dollari miqdoridagi “Aprle 12 pro max” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yo‘li bilan tortib olib ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan, undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech