O‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi.
Joriy yil 20 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Yangitong mahallasida joylashgan “Bulvar” nomli umumiy ovqatlanish majmuasi yer to‘lasida joylashgan komp'yuter o‘yingohida noma'lum shaxs, 3.000.000 so‘mlik “SAMSUNG A21” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tuman IIB JQB katta tezkor vakili va TB surishtiruvchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati