3 Iyun 2021 yil 406

O‘g‘irlangan kabutarlar egasiga qaytarildi.

Shu yil 31 may kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisiga devor oshib kirib, xovlisidagi kabutarxonasidan umumiy narxi 4.000.000 so‘mlik 19 dona kabutar va qopdagi 20 kg bug‘doyini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola sodir etganligi aniqlangan hamda undan daliliy ashyo (19 dona kabutarlar va qopdagi bug‘doy) olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech