O‘g‘irlangan avtomashinа YTHga uchradi.
Joriy yil 21 mart kuni soat 00:30 larda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 20 mart kuni soat 17:30 larda, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-2 rusumli avtomashinasida Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Kasb-hunar kolleji” yonida turgan vaqtida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Namangan shahriga olib borib qo‘yishini aytganidan so‘ng, uni Namangan shahar ko‘chasiga olib kelib, avtomashinadan shaxsiy ehtiyoji uchun tushgan vaqtida, yo‘lovchi uning ruxsatisiz avtomashinani boshqarib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, Neksiya-2 rusumli avtomashinani Norin tumani hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida turgan Neksiya-2 rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etib, voqea joyidan ketib yuborgan.
Natijada, ikkala avtomashina texnik shikastlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlandi va u Namangan shahar Davlatobod tumani Orzu MFY xududidan ushlanib, undan tegishli ko‘rgazmalar va jabrlanuvchiga tegishli “Samsung” rusumli uyali telefon apparati daliliy ashyo sifatida olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB tomonidan 2021 yil 21 mart kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati