21 Dekabr 2020 yil 497

O‘g‘irlangan avtomashina shkastlangan holda topildi.

2020 yil 19 dekabr' kuni soat 01:30 larda, shahar IIO FMB 1-sonli IIB navbatchisini bergan xabariga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 dekabr' kuni soat 23:50 larda yashash uyi oldida Spark rusumli avtomashinasini kalitini o‘zida qoldirib, o‘zi yashash uyiga kirib ketgan vaqtida, noma'lum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, avtomashina Namangan shahar I.Karimov ko‘chasidan o‘ng tomon oldi eshigi va qanot qismi qisman texnik shikastlangan hamda orqani ko‘rsatuvchi oynasini plastmassa qismini yarmi singan holda topilgan. Avtomashinadan 20 dona barmoq izlari olinib, viloyat IIB avtomatlashtrilgan shaxsni identifikasiya qilish tizimiga kiritilib, viloyat IIB JQB tezkor vakillari hamda shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 2005 yilda tug‘ilgan, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 19 dekabr' kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech