O‘g‘irlangan avtomashina Profilaktika inspektori tomonidan soz holda topildi.
Joriy yil 17 mart kuni soat 09:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 02:00 larda, Spark rusumli avtomashinani ijarada turgan uyining oldiga qo‘yib, shu kuni soat 07:30 larda, uyidan chiqqanida, avtomashina joyida yo‘qligini ko‘rib, biror-bir tanishlari olib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida gumon qilib, o‘zi qidirib ko‘rgan, biroq topa olmaganligi sababli avtomashinasini qidirib topishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, Namangan tumani IIB HPG profilaktika katta inspektori tomonidan avtomashina Namangan tumani xududidan texnik soz holatda topilgan.
Avtomashinadan 10 dona qo‘l barmoq izlari olinib, ayni paytda viloyat IIB EKB shaxsni identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilmoqda.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 mart kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati