O‘g‘irlangan avtomashina boshqa shaxsga sotib yuborildi
2022 yil 28 fevral kuni soat 16:00 larda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqarolar jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Chust tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroni aldab, guyoki uzum mahsulotini sotib olishini aytib, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan mevalarni saqlash omborxonasiga chaqirib, fuqarolar uni chalg‘itib gaplashib turgan vaqtlarida fuqaroning boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasini olib qochib ketib, Namangan shahrida boshqa shaxsga sotib yuborgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 mart kuni O‘z.R.JKning 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati