O‘g‘irlab ketilgan 12 quti asalari uyasi egasiga qaytarildi.
Joriy yil 4 fevral' kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 1 fevral' kunidan 3 fevral' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning yashash uyi oldida joylashgan qurilishi yakunlanmagan uchastkasiga qo‘ygan narxi 15.000.000 so‘mlik 12 ta qutidagi asalari uyalarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektori va TB katta tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati