22 Noyabr 2020 yil 471

Og‘ir tan jarohati olgan piyoda shifoxonada vafot etdi.

Shu yil 15 noyabr' kuni soat 22:00 larda Chust tumani Qoraqo‘rg‘on-Varzik avtomobil yo‘lining 10 km.da Matiz rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech