15 May 2024 yil 10008

“Odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari. Odam savdosini aniqlash va tergov qilish” bo‘yicha Namanganda seminar treninglar tashkil etildi

2024 yil 14-15 may kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi bilan hamkorlikda “Odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari. Odam savdosini aniqlash va tergov qilish” bo‘yicha hududlarda seminar treninglar tashkil etilib,Ichki ishlar vazirligining Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari mutaxassislari uchun belgilangan to‘rtta hududiy seminar treninglardan uchinchisi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi.

Seminar Ishtirokchilar uchun sohaning kuchli mutaxassislari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotini Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyoda odam savdosi va muhojirlarni noqonuniy tashishga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi hamda Ichki ishlar vazirligi Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘limining yetakchi mutaxassislari va tergovchisi boshchiligida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulot davomida odam savdosining huquqiy asoslari va turli jihatlari, jumladan, uning turli shakllari, dalillarni baholash va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar xalqaro konvensiya va shartnomalar, jumladan, BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini to‘ldiruvchi va global darajada odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha saʼy-harakatlarni yo‘lga qo‘yuvchi “Odam savdosini oldini olish, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish, unga chek qo‘yish va jazolash to‘g‘risidagi Bayonnomasi” bilan tanishdilar. Yana bir sessiyada O‘zbekistondagi milliy qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar batafsil o‘rganildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech