“Odam savdosi”dan jabr ko‘rgan ayol IIBga murojaat qildi.
2022 yil 5 aprel' kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil mart oyida Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol va “N” ismli shaxs bilan bir guruh bo‘lib, “Turkiya davlatida yashovchi yigitga yoqib qolibsiz, unga turmushga chiqing, agar u yerdagi sharoit yoqsa yashab qolaverasiz, bo‘lmasa bir hafta yashab qaytib kelaverasiz, kuyov Sizni Turkiyaga borishingiz va O‘zbekistonga qaytishingiz uchun aviachipta yuborgan”-deb aldab, unga 31.03.2022 yilda “Toshkent-Antaliya” yo‘nalishidagi aviachipta va 07.04.2022 yilda “Antaliya-Toshkent” yo‘nalishidagi qalbaki aviachiptani taqdim etib, jinoiy sherigi “N” bilan uni Turkiya davlati “Afyon” shahrida yashovchi “M” ismli shaxsga shaxvoniy maqsadlarda foydalanish uchun 3000 AQSh dollariga sotib yuborib, 31.03.2022 yilda Toshkent shahridan aviareys orqali Turkiya davlatiga jo‘natib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 24 aprel' kuni O‘z.R JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati