23 Avgust 2021 yil 366

Ochiq qoldirilgan darvoza o‘g‘irlikka sabab bo‘ldi.

2021 yil 18 avgust kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan soat 18:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash hovlisiga ochiq qolgan darvoza eshigi orqali kirib, xonadagi tryumosida bo‘lgan narxi 3.500.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlari va 125 AQSh dollarini o‘g‘irlab, ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, JQB boshlig‘i va tezkor vakillar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech