Ochiq holda qoldirilgan avtomashina tunab ketildi.
2021 yil 25 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:30 dan soat 13:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘ziga tegishli bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasi Namangan shahrida joylashgan jo'me masjidi oldiga orqa chap tomon eshigini ochiq qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashina bardachogida bo‘lgan narxi 700.000 so‘mlik “Samsung-J6” rusumli telefon apparatini va narxi 500.000 so‘mlik 2 dona “Kenwood” nomli ovoz kuchaytirgichlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati