“OCHIQ ESHIKLAR" ORTIDAGI IMKONIYATLAR
Bugungi kunda yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviyatli, maʼrifatli, yetuk shaxslar etib tarbiyalash yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Namangan viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida vatanga muhabbat va sadoqat hisini yana-da mustahkamlash hamda o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘naltirish borasida ham samarali ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Ayni shu maqsadda kuni kecha Namangan viloyat Qo‘riqlash boshqarmasida viloyat IIV akademik litseyi o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tinglovchilar boshqarmada xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda zamonaviy qo‘riqlov-signalizatsiya vositalari bilan tanishtirildilar.Tadbir davomida o‘quvchilarga maʼmuriy binoda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sohada erishilayotgan so‘ngi yutuqlar haqida maʼlumotlar berilib, “Shon-sharaf” muzeyi va zamonaviy kutubxonalar bilan tanishtirildi.
Yoshlar ham mazkur kasbning mashaqqatlari, qiyinchiliklarini yengib o‘tish uchun albatta yaxshi o‘qishlari,kelgusida bu akalari kabi o‘z kasbining fidoyilari safida bo‘lishni niyat qilganliklarini aytishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati