6 Aprel 2023 yil
498
Ochiq qoldirilgan savdo do‘koniga o‘g‘ri tushdi.
2023 yil 30 mart kuni Chust tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 fevral kuni soat 15:00 larda, mahallasida joylashgan savdo do‘kon eshigi ochiq qolganligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, kassa apparatida bo‘lgan 4.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni uning qo‘shnisi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo (300.000 so‘m pul) olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati