5 Dekabr 2022 yil 930

Hamkorlik natijalari va istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yil 1-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlariga mintaqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarining bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashda koʻmaklashish dasturi (LEICA) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida joriy yilda “LEICA” dasturi doirasida transmilliy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish, xorijiy davlatlar ichki ishlar va politsiya organlari bilan oʻzaro tajriba almashish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Samimiy va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida
dastur doirasida 2023-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech