12 Aprel 2023 yil 2680

"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni oldini olishda mahalla beshligining faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.  

 

Chust tumani “Baymoq” MFYda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni oldini olishda mahalla beshligining faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, tuman hokimi, shahar tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda aloqador tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, boshqarma boshlig‘i mahalla beshligi bilan muloqot qildi hamda 2023 yil 11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda keltirilgan masalalar va 30 mart kungi IIV, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi 10-sonli qo‘shma qarorining mazmun mohiyati, unda belgilab berilgan vazifalarni yana bir bor eslatib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Chust tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida tumanda olib borilayotgan amaliy ishlar va kelgusi rejalar haqida batafsil maʼlumot beruvchi taqdimot namoyish etildi.

Taqdimotda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishda beshlik, yaʼni profilaktika inspektori, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoliga yuklatilgan vazifalar va funksional majburiyatlari to‘liq bayon etilgan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mahalla beshligi tomonidan o‘ziga biriktirilgan toifadagi shaxslarga profilaktik taʼsir ko‘rsatish va ijtimoiy moslashtirish faoliyati har chorakda “Yaxshi”, “Qoniqarli”, “Qoniqarsiz” mezonlari asosida baholanadi. Choraklik va yarim yillik muhokamalar yakuniga ko‘ra beshlik aʼzolariga o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech