18 Mart 2023 yil 528

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq hashari Namangan viloyati IIBda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi bugun Namangan viloyati IIB, uning sohaviy xizmatlari, bo‘lim hamda bo‘linmalarida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq hashari erta tongdan uyushqoqlik bilan boshlandi. Daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatilib, turli ko‘chatlar o‘tqazildi. Bino devorlari chang va g‘uborlardan tozalandi. Shuni alohida taʼkidlash o‘rinliki, milliy qadriyatlarimiz orasida hasharning o‘rni katta. Boisi, hashar odamlar orasida mehr-oqibatni, birdamlikni mustahkamlaydi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech