4 Sentyabr 2025 yil 181

Norin va Kosonsoy tumanida xodimlarning sakkiz oylik faoliyati muhokama qilindi

Jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish ichki ishlar organlari xodimlarining ustuvor vazifasi hisoblanib, ular tomonidan hududlarda kunu tun xizmat olib borilmoqda.

Xususan, Boshqarma boshlig‘i Norin va Kosonsoy tumanlarida bo‘lib, tuman rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida ichki ishlar bo‘limi xodimlarining o‘tgan sakkiz oy davomida amalga oshirgan ishlari hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida mahallalarda PQ-1 va PQ-253-son Qarorlari ijrosi yuzasidan mas’ullarning faoliyati tanqid qilinib, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlariga kelgusida mazkur Qarorlar ijrosini to‘liq ta’minlash, “qizil” toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, shuningdek, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech