Norin tumanidagi mahallalarda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
Namangan viloyati IIB ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganishlar olib borilib, mahalla yettiliklari va masʼullarning faoliyati tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Bugun boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tuman hokimi va soliq inspeksiyasi rahbari ishtirokida Norin tumanining "Pastki Cho‘ja", “Qozoqovul” va “Bobur” mahallalarida bo‘lib, mazkur mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga chek qo‘yish hamda PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tuman IIB xodimlarining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati ham tahlil qilinib, masʼul rahbar va xodimlarning kelgusidagi mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha ustuvor vazifalari belgilab berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati