26 Iyul 2021 yil 583

Norin tumanidagi ayanchli hodisa aholi ishtirokida muhokama qilindi

Joriy yil 23 iyul' kuni soat 01:40 larda, Norin tumanida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro 1987 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘ining chevarxonasiga mast holatda borib, “Sen nega boshqa yigitlar bilan telefonda gaplashyapsan”-deb, uni rashq qilib, o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan o‘ng bilak sohasi va chap ko‘krak sohasiga urgan.
Natijada, ayol og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 23 iyul' kuni O‘z.R Jkning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB boshlig‘i rahbarligida uning o‘rinbosarlari, tuman hokimi, sektor rahbarlari, mas'ullar va hudud aholisi ishtirokida hodisaning muhokamasi o‘tkazildi. Unda boshqarma boshlig‘i so‘nggi paytlarda sodir bo‘layotgan jinoyatlarning aksariyati arzimas sabablar ortidan yuzaga kelayotgani haqida kuyunib gapirdi. Mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar orasida o‘zaro hurmat yo‘qolib borayotgani, atrofdagi odamlarning befarqligi, mas'ullarning mas'uliyatsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi.

Bu kabi jinoyatlar qayta sodir bo‘lmasligi uchun huquq-tartibot idoralari va fuqarolar doimiy hamkorlikda ishlashi zarurligi yig‘ilganlarga tushuntirildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech