15 Dekabr 2021 yil
473
Norin tumanida qimorxona fosh etildi
Shu yil 4 dekabr' kuni soat 17:00 larda, Norin tuman IIB xodimlari tomonidan, Norin tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida 5 nafar mahalladoshlariga o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi va o‘zi ham ular bilan birga qimor o‘ynab, qimorxona tashkil etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati