15 Sentyabr 2025 yil 51

Norin tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati

Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli kо‘rilmagan islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  

Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli о‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin о‘sib borayotganiga har birimiz  birdek  guvoh ham bо‘lmoqdamiz.

Prezidentimiz ana shu yangilanish, о‘zgarishlar samarador bо‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yо‘nalishlaridan biri darajasiga kо‘tardilar.

Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga sо‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning   oldini olishga bevosita bog‘liqdir.

Aziz Norin ahli!

О‘zbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador bо‘ladimi, barcha - barcha, О‘zbekistonimizda tinch va osuda, munosib  hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan bо‘lishi shart.

Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib bо‘lmaydi.

“Yangi О‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.

Norin tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir kо‘rsatadi, uning о‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.

Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.

Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham kо‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bо‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.

Shu bois, tumanning har bir kо‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari kо‘rilayapti.

Aziz vatandoshlar!

Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni о‘z oldimizga qо‘yganmiz.

Prezidentimizning 2025 yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bо‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, viloyat prokurori rahbarligida viloyat va tuman - shahar prokuraturalarida idoralararo muvofiqlashtiruvchi  shtab  faoliyati  yо‘lga  qо‘yildi.

Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 57 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir, 8 tasiga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan. Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirli yо‘l xaritalari  ishlab chiqildi.

Yо‘l xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda 600 ta kо‘p qavatli va yakka tartibdagi xonadonlar texnik qо‘riqlovga olindi, 24 ta kо‘p qavatli uylarning kirish yо‘laklari “tashvish tugmalari”ni о‘rnatildi, 52 ta zamonaviy “domofon”lar о‘rnatildi, 300 ta videokauzatuv kameralari, 80 ta yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar, 20 ta savdo markazlari va bozorlarga yuzni va avtoraqamni tanib oluvchi kameralar, 10 ta kо‘p qavatli uylarning hovlilariga PTZ-kameralari, 54 ta maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari kirish chiqish-joylariga, 24 ta maktablarning ochiq sport maydonlariga kameralar о‘rnatildi.

Mahallalardagi kо‘p qavatli va yakka tartibdagi 600 dan ortiq  xonadonlarni Milliy gvardiya qо‘riqlash xizmat tomonidan tezkor qо‘riqlovga olindi.

Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qо‘riqlovda!” hamda “Xonadon qо‘riqlovda!” kabi jami 600 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 69 ta “namunaviy xavfsiz kо‘cha” hamda 170 ta “namunaviy xavfsiz yо‘lak” tashkil etildi, ichki yо‘llar va kо‘chalar 200 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.

Albatta bu natija beryapti.

Misol uchun, shuningdek, bedarak yо‘qolgan 2 nafar shaxslar topilib, 11 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.

Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 9 ta mahallalarning 1 tasida kriminogen vaziyat saqlanmoqda. (2025 yil 8 oyi davomida Bо‘zо‘lmas, Bо‘ston, Katta О‘lmas va Xо‘jaqо‘rg‘oncha mahallalari qizil mahalla toifasida turadi)

Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bо‘yicha kunlik sо‘rov va о‘rganishlarni yо‘lga qо‘ydik.

Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat о‘choqlari joyida о‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 53 ta oldini olish mumkin bо‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror ta’sir choralari qо‘llanildi.

E’tibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.

Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 3 - chorak uchun yо‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.

Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bо‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini  joriy  etdik.

Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 54  ta  mahallalarga  nomma – nom  biriktirdik.

Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bо‘yicha uslubiy qо‘llanmalar  ishlab  chiqdik  va  tarqatdik.

Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini о‘rganishdan tashqari о‘sha hududda  amaliy  tadbirlarni  ham  о‘tkazadi.

Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla  prokurori”  degan  yondashuv  bilan  ishlaymiz.

Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bо‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va  tahlillarning natijalariga qaratsam. 

Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.

Joriy yilning о‘tgan davrida 15 ta о‘rganishlar о‘tkazilib, 290 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.

Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham kо‘proq e’tibor berishi lozim  bо‘lgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak bо‘lgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat  qaratmoqchiman.

Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar kо‘proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yо‘llarini  ham  о‘ylab  topmoqdalar.

Keyingi vaqtlarda firibgarlik va о‘g‘rilik jinoyati oshayotgani  ham  bunga  yaqqol  misol  bо‘ladi.

Firibgarlik va о‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.

Sо‘nggi vaqtlarda О‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar kо‘rishni taqozo etdi.

Ma’lumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 45 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning о‘tgan davrida birgina plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari yuzasidan 129 ta jinoyat ishi qо‘zg‘atildi.

Oqibatda esa fuqarolarga 650 mln. sо‘mga yaqin zarar yetkazilgani  aniqlandi.

Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 73 tasi firibgarlik hamda 54 tasi о‘g‘rilikni tashkil qilgan.

Sо‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga kо‘paydi.

Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bо‘lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bо‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bо‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlashni sо‘rab qolamiz.

Aziz viloyatdoshlar!

Shu о‘rinda, kriminogen vaziyatga ta’sir kо‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.

Aytish kerakki, yilning dastlabki 8 oyi davomida, mast xolda (8-9), muqaddam sudlanganlar (0-6) va ayollar (2-5), yoshlar (17-33), voyaga yetmaganlar (2-4), ishsizlar (0-1)  jinoyatini kamaytirishga erishilgan.

Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab bо‘lganligi aniqlandi.

Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bо‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.

Natijada, о‘tkazilgan о‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 472 ta ijtimoiy kо‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bо‘yicha 388 ta choralar kо‘rildi.

Bulardan tashqari, 640 nafar ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlardan 209 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 210 nafari kasbga о‘qitildi, 375 nafari esa, kasbga yо‘naltirildi.

Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va ma’muriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.

Ularning 3 nafari kasb-hunarga о‘qitildi, 16 nafarining bandligi ta’minlandi, 25 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.

Yoshlar о‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.

Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bо‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini kо‘zdan qochirsak oqibati yomon bо‘ladi.

Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga ta’lim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va о‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.

Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tig‘ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 41 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi 7 nafar, tarbiyasi og‘ir 46 nafar о‘quvchilar aniqlandi. Ularning 53 nafari maktablarga qaytarildi.

Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bо‘lgan hamda boquvchisini yо‘qotgan bolalarning 42 ta muammosi hal qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 54 ta zamonaviy kameralar о‘rnatildi.

Tahdidlardan yana bittasi, bu yо‘l voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bо‘layotgan yо‘l-transport hodisalaridir.

Bu yо‘nalish bilan bog‘liq jinoyatlarni biz kengroq tahlil  qildik.

Raqamlarga qarasak, 2025 yil 8 oyi davomida 8 ta holatda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq yо‘l -transport hodisalari sodir etilgan.

Umuman olganda yо‘l-transport hodisalari oqibatida о‘tgan joriy yilning о‘zida voyaga yetmaganlarning 3 nafari esa og‘ir tan jarohati  olgan.

Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.

Hurmatli ota-onalar!

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron bо‘lib qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.

Hurmatli fuqarolar!

Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham kо‘rilmoqda.

Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga tо‘siq bо‘lmoqda. 

Shu sababli, korrupsiyaning har qanday kо‘rinishiga barham berish yо‘lida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Norin axlidan о‘z hissangizni qо‘shishga chaqiraman.

Barcha tashkilotlar bо‘yicha tahlillar о‘tkazilayapti, mana shu mart oyining о‘zida yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat kо‘rsatish, idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan bogliq 5 ta takliflar ishlab chiqildi.

Hurmatli fuqarolar!

Juda kо‘p masalalarda ish uslublarimiz о‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan,  jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf  qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.

Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar о‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.

Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bо‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.

Aziz hamyurtlar!

Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, kо‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday kо‘rinishiga chek qо‘yishga  kafolat  beradi.

Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.

Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi  olinishida xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda  daxldorlik  hissi  bilan  yondoshishni  sо‘rayman.

Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday kо‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qо‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan   kafolat beraman.

Barchamiz  jinoyatdan  holi  yangi  О‘zbekiston  uchun  birlashaylik!!!

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

Norin tuman prokurori A.Turg‘unov

Text to speech