12 May 2025 yil 45

Norin tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati

Assalomu aleykum Hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!

Joriy yilda, tuman hududida jamoat havfsizligini taʼminlashga qaratilgan barcha-chora tadbirlar koʻrildi.

Hurmatli Prezidetimiz tomonilaridan respublikamiz hududida tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalasiga alohida eʼtibor qaratib, bunda ichki ishlar organlari oldiga ham aniq vazifalarni belgilab berganlar.

Shundan kelib chiqqan holda oʻtgan davr mobaynida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan 55 ta siyosiy, ommaviy va madaniy tadbirlar davrida jamoat xavfsizligi toʻliq taʼminlandi.

Ayniqsa Navroʻz umumxalq bayrami tumanimizda keng nishonlanib, bayramni munosib kutib olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari,

         Bugungi kunda tuman hududidagi jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish, koʻrilayotgan chora-tadbirlar boʻyicha qichqacha axborot bersam.

Joriy yilda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 15 marotaba tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, 25 ta jinoyatlar fosh etildi.

3 ming dan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar aniqlandi.

18 nafar xisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlik ichishga ruju qoʻygan shaxslar majburiy davolashga yotqizli.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar 7,4 foizga (27 tadan 25 taga -2 ta) kamaygan boʻlsada,

-mahalla hududida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar esa 14,3 foizga (14tadan 16 taga, +2 ta) oshgan.

-aniqlanadigan jinoyatlar 12,5 foizga (24 tadan
21 taga, -3 ta)
kam aniqlangan,

jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Jinoyat turlaridan qotillik, oʻrtacha ogʻir tan jarohat yetkazish, yengil tan jarohat yetkazish, talonchilik, firibgarlik, avtomobil olib qochish, bezorilik jinoyatlari kamaydi.

Tumanimizdagi 57 ta mahallalardan 44 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi, ta mahalla sariq, ta mahalla qizil toifaga kiritildi.

Ijtimoiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha:

Soʻngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.

Mahallalarda mavjud muammolarning joyida manzilli hal etilishi uchun ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1391 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda.

Mahalla faollari tomonidan 108  nafar shaxslar muammolarini ijobiy hal etildi.

Jumladan,

-12 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi,

-13 ta ajrim yoqasidagi nizoli oilalar yarashtirildi,

-7 nafar ogʻir ahvoldagi ayollarga yordamlar koʻrsatildi,

-163 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderlari berildi,

-7 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlar ijtimoiy moslashtirildi,

-12 nafar ishsiz yoshlar kasb-xunarga yoʻnaltirildi,

-31 nafar koʻmakka muhtoj ogʻir toifadagi yoshlarning muammolari hal etildi,

-12 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi,

-33 nafar tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi shaxslar sogʻlom hayotga qaytarildi,

-22 nafar tavakkalchilik oʻyiniga ruju qoʻygan shaxslar toʻgʻri yoʻlga qaytarildi,

-11 ta ogʻir ahvoldagi oilalarga kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi,

-23 nafar keksa va yolgʻiz yashovchi shaxslarga tibbiy yordamlar koʻrsatildi,

-31 nafar nogironlarga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlar koʻrsatilib, muammolari ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik tadbirlari amalga oshirilishi oʻzining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini oldini olishga samarali xizmat qilmoqda.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari,

Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilayotgan turlari, uning kelib chiqish sabab va omillariga toʻhtalib oʻtsam.

Oʻgʻirlik jinoyati boʻyicha:

Joriy yilda tuman hududida 7 ta oʻgʻirlik jinoyatlari qayd etildi.

Mazkur jinoyatlar tahlil qilganimizda,

-1 tasi xonadonlarda,

-1 tasi savdo yoki hizmat koʻrsatish obyektlarida,

-2 tasi telefon oʻgʻirliklari,

-3 tasi boshqa turdagi oʻgʻirliklarni tashkil qilgan.

Bundan koʻrinmoqdaki, oʻgʻirlik jinoyatini kelib chiqishiga oʻzimiz ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot boʻlmay harakatlanishimiz oqibatida jinoyatchilarga zamin yaratib berilayotganli koʻrinmoqda.

Oʻgʻirlik jinoyatini oldini olishda barcha naryadlarning xizmat faoliyatlari kuchaytirildi va jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Ushbu sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari oʻrganilganida, yashash xonadonlar va avtomashinalarni qarovsiz, eshiklari ochiq holda qoldirib ketilganligi oqibatida sodir etilganligi maʼlum boʻlgan.

Oʻzimizga bir savol beraylik, jinoyatga oʻzimiz ham sharoit yaratib bermayapmizmi?

Oddiy holatlarda chorva mollarini dala va dashtlarga qarovsiz qoldirib, beparvo boʻlayotganligimiz oqibatida ham koʻplab jinoyatlar sodir etilmoqda.

Firibgarlik jinoyati boʻyicha:

Joriy yilda tuman hududida 1 ta firibgarlik jinoyati qayd etildi.

Ushbu jinoyatlarni sodir etilishi ham fuqarolar oson va tez daromad topishga intilishi, “oʻzaro lavz”, “oʻzaro ishonch”, “tanish-bilish” tushunchalari asosida xuquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishishlari oqibatida sodir etilmoqda.

Yuqoridagi holatlardan koʻrinmoqdagi, fuqarolarimizning oʻzlari bila turib firibgarlik qurboniga aylanmoqdalar. 

Shuningdek, yana bir muhim jihatga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, jamoat joylarida fuqarolar sovuq qurolni olib yurish holatlari koʻplab uchramoqda.

Oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbirlar jarayonida 53 ta holatlarda fuqarolar tigʻli jismlarni yonlarida olib yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda choralar koʻrilgan.

Shu oʻrinda, sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (1852) moddalarida taqiqlangan.

Giyoxvandlik boʻyicha

Yana bir muhim masalalardan biri giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomulasi bilan bogʻliq jinoyatlardir.

Tuman hamkor tashkilotlari bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish boʻyicha bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.

Oʻtgan davr mobaynida olib borilgan tadbirlar jarayonida 2 ta jinoiy holatlar aniqlanib, 1.5 kg.dan ortiq giyohvandlik moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.

Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik illati bilan aksariyat yoshlarimiz shugʻullanmoqda. 

Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, talab boʻlmasa taklif ham boʻlmaydi.

Barchamiz bunga masʼul boʻlib, jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini olish bilan shugʻullanmasak, kelajak avlod taqdiriga befarq boʻlgan boʻlamiz.

Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashimiz shart va lozim deb hisoblayman.

Kiber jinoyati boʻyicha:

Soʻnggi vaqtlarda butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar (yaʼni kiberjinoyatlar) keskin ortib bormoqda.

Bu turdagi jinoyatlarning oʻziga xos murakkab tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va masofa toʻsqinlik qilmaydi, jinoyatchi qisqa fursatda oʻnlab, hatto yuzlab fuqarolarni jabrlanuvchiga aylantirib qoʻyishi mumkin.

Joriy yilda ushbu yoʻnalishdagi jinoyatlar umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 29,23 foizini (19 ta) tashkil etmoqda.

Mazkur jinoyatlarning 95 foizi (17 tasi) plastik kartalardan mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻlib, 4 tasi oʻgʻirlik, 15 tasi firibgarlik jinoyatlarini tashkil qilgan.

Ushbu jinoyatlarning 71 foizi aynan plastik karta maʼlumotlarini berilganligi uchun, 21 foizi ijtimoiy tarmoqda mablagʻlarni koʻpaytirib berishda aldanish, 8 foizi esa internetda onlayn savdo bilan shugʻullanish orqali sodir etilgan.

Achinarlisi, aksariyat holatlarda fuqarolarning oʻzlari firibgarlarga osongina aldanib qolib, plastik karta kodini oddiy holda aytib qoʻyish orqali firibgarlarga topshirib qoʻymoqdalar.

Shu oʻrinda, ayrim fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida boʻlayotganliklari ham tashvishli holdir.

Buning oqibatida oʻzlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha fuqarolarning 200 mln. dan ortiq pul mablagʻlari oʻzlashtirib olingan.

Hurmatli fuqarolar, plastik karta raqamini jinoyatchining aldoviga kirib oshkor qilishingiz, ishonuvchanligingiz, tezroq boylik orttirishga boʻlgan qiziqishingiz bu turdagi jinoyatlarning salmogʻini keskin ortib ketishiga sabab boʻlmoqda.

Shu boisdan ushbu jinoyatlarni oldini olishda,

-birinchidan, plastik karta raqamlarini oshkor qilmaslik,

-ikkinchidan, shartnomalarni faqatgina notarial tartibida amalga oshirish,

-uchinchidan, telefon orqali aloqaga chiqqan har qanday shaxsning soʻziga ishonmaslik lozim boʻladi.

Yoʻl-transport hodisalari boʻyicha:

Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davr ilbaynida tumanda 6 ta yoʻl-transport hodisalari sodir etilib, uning 1 tasi oʻlim bilan va 5 tasi tan-jarohati bilan yakunlangan.

Yoʻl-transport hodisalari umumiy (6/6 ta) sodir etilgan boʻlib, oʻlim bilan bogʻliq holatlar ham teng holatda qolgan (1/1 ta).

Achinarlisi, mazkur hodisalarda 1 nafar fuqaro halok boʻlgan.

Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash choralari koʻrildi, muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borildi.

Lekin, bugungi kunda haydovchilik madaniyatini yetarli deb boʻlmaydi.

Ayrim haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasliklari, mensimasdan transport vositalarini boshqarishlari, ayrim hollarda esa ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini boshqarishlariga imkon berayotganliklari yoki voyaga yetmaga farzandini qarovsiz qolidirib, koʻchalarda nazoratsiz yurishlari ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda.

Eng achinarlisi, ayrim fuqarolar moddiy manfaat evaziga voyaga yetmagan maktab oʻquvchilariga oʻzlarining transport vositalarini boshqarish uchun ijaraga berishlari oqibatida mudhish hodisalar kelib chiqmoqda.

Yuqoridagi holatlarni oldini olish borasida YHXB tizimi hodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar keng olib borilishi taʼminlanmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida 96 ta qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlib, uning 10 tasi qoʻpol qoidabuzarlikni tashkil qilgan boʻlsa, 2 ta mast holda transport vositasini boshqarish holatlarini tashkil qilgan.

Aniqlangan 2 ta mastlik holati, bu shuncha yoʻl-transport xodisasini oldi olingan desam, hech mubolagʻa boʻlmaydi.

Aziz tumanimiz fuqarolari, yuqorida yoʻl – taransport hodisalari boʻyicha birqancha jiddiy masalalar aytib oʻtildi, albatta barchamiz haydovchilik hurmatini saqlagan holda, qoidalarga itoat qilib harakatlansak, hech qanday koʻngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga oʻzimizni hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.

Voyaga yetmaganlar boʻyicha:

Voyaga yetmaganlarni barkamol inson boʻlib tarbiyalanishlari, davlatimiz siyosatining eng muxim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Oʻtgan davr mobaynida taʼlim muassalari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Olib borilayotgan ishlar natijasida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Jumladan:

2025 yilning oʻtgan davri mobaynida tuman hududidagi 2 ta oʻrta-maxsus kasb-hunar maktablari, 2 ta ixtisoslashtirilgan va 44 ta umumtaʼlim maktablarida106 marotaba “Davomat” tadbirlari oʻtkazildi.

155 nafar dars mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmay nazoratsiz yurgan oʻquvchilar aniqlanib, ularning barchasi dars mashgʻulotlariga qaytarildi.

Shunday boʻlsada:

Farzandiga taʼlim berish majburiyatini bajarmagan
117 nafar ota-onalarga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Oʻquvchilarni taʼlimga jalb etish maqsadida 62 marotaba muhokama va uchrashuvlar oʻtkazildi.

Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, 125 marotaba “Tigʻ” tadbiri oʻtkazilib, jami 38 dona oʻquvchilardan noqonuniy buyumlar aniqlandi.

Shundan;

-11 ta oʻtkir tigʻli pichoq va kesuvchi buyumlar,

-13 ta kastet,

-14 ta inson xayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa buyumlar tadbir davomida aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Voyaga yetmagan shaxslarning koʻngilochar (dam olish) joylarda tungi vaqtda boʻlishlarini oldini olishga qaratilgan 54 marotaba “Tun” tadbiri oʻtkazildi.

Shundan:

-2 ta 188-prim2-modda. Voyaga yetmagan shaxsning koʻngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyuganligi sababli maʼmuriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan,

Tadbiri davomida:

204 nafar tungi vaqtda nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlandi.

Aniqlangan holatlar boʻyicha:

-16 ta muassasa raxbarlariga taqdimnomalar yuborildi,

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarni nazoratsiz yurishlarini oldini olish boʻyicha 29 marotaba mahallalarda, 121 marotaba taʼlim muassasalarida, 59 marotaba tungi vaqtda xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda muhokama va targʻibot ishlari olib borildi.

Bugungi kunda profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi manzilli proflaktik tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda.

Profilaktik hisobga olingan voyaga yetmaganlarning:

-2 nafari qiziqishi boʻyicha sport toʻgaraklariga,

-4 nafari fakultativ toʻgaraklarga jalb qilindi.

Oʻtgan davr mobaynida 16 nafar nazoratsiz va qarovsiz yurgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil voyaga yetmagan oʻsmirlar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi.

Shundan,

-16 nafari (2024-yilda 17 nafar) maktab oʻquvchilarini tashkil etadi.

Voyaga yetmagan 87 nafar shaxslar chet davlatlariga ota-onasi bilan chiqib ketganligi, xozirgi kunda 14 nafar voyaga yetmaganlar yashash xonodoniga ota-onasi bilan qaytib kelganligi oʻrganildi.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari,

Hurmatli Prezidentimizning 2025-yil 18-mart kungi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-110-son qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilan  “Maktab – mahalla – oila” tamoyili asosida ishlash tizimini joriy etildi,

-oʻquvchilar oʻrtasida qonunbuzilish va boshqa koʻrinishdagi hulq ogʻishlariga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarda Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, maktablarda doimiy ravishda davomatni tekshirish, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish kabi vazifalar yuklatildi.

Aziz tumanimiz ahli,

Voyaga yetmagan farzandlarimizning maʼnaviy- maʼrifiy saviyasini oshirish, bilim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalarini birgalikda amalga oshirib, manzilli ishlarni tashkil etsak, oldimizga qoʻygan maqsadimizga erishamiz.

Yoshlar boʻyicha:

Xabaringiz bor, soʻnggi 8 yilda Prezidentimiz tomonlaridan doimiy ravishda yoshlarga katta eʼtibor qaratilib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda barchamizning oldimizga katta masʼuliyatni yuklamoqdalar.

Bugungi kunda tuman aholisining 22,53 foizi yoki 40.506 nafarini yoshlar tashkil qiladi.

Joriy yilda yoshlar tomonidan 1 ta jinoyatlar sodir etilgan.

Yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishi tashvishli holdir. Ular tomonidan,

-1 ta ogʻir tan jarohat yetkazish jinoyatini sodir etgan.

Albatta, yoshlar masalasiga masʼul boʻlgan tashkilotlar, mahalla vakillari, profilaktika inspektorlari, yoshlar jinoyati masalasiga jiddiy eʼtibor berib, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etib, oilalardagi maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, bunda ota-onalarning masuʼliyatini oshirishlari muhim deb hisoblayman.

Yoshlar, kelajak poydevori tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va orzularini roʻyobga chiqarishga barchamiz masʼul ekanligmizni unutmasligmiz zarur.

Tazyiq va zoʻravonlik:

Soʻngi yillarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, gender tengligini taʼminlash, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Albatta, xotin-qizlarni tayziq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida asosiy masʼuliyatni ichki ishlar organlar oʻz zimmasiga olgan.

Bugungi kunda tumanda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 106 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilib, nazoratga olindi.

Tazyiq va zoʻravonliklar,

-95 ta oilada,

-2 ta koʻchalarda,

-9 ta boshqa joylarda,

Tazyiq va zoʻravonlik natijasida 1 ta (1 ta) oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jinoyati sodir etilgan.

Bular shuni anglatadiki, ayrim oilalarda hali ham maʼnaviy ruhiy muhit nosogʻlomligicha qolmoqda.

Shuni inobatga olib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizoli oilalarni yana bir bor oʻrganib chiqib, ularning muammolarini manzilli hal etish choralarini koʻrishimiz lozim boʻladi.

Bunda albatta, mahalla masʼullari bilan birgalikda mahallalardagi nuroniy otaxon va onaxonlar oila-qadriyati tushunchasini barcha yoshlarga singdirish borasida muhim rol oʻynashi kerak.

Energiya resurslari boʻyicha:

Hozirgi zamonda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, hayot uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.

Energiya resurslarini ishlab chiqish va undan samarali foydalanish muammosi global miqyosdagi dolzarb masala boʻlib, ularni tejash lozim.

Fuqarolarimizga energiya resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tushintirish va targʻibot ishlari oʻtkazilib kelinishiga qaramay, bu sohada ham huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida energiya resurslari bilan bogʻliq 148 ta noqonuniy holatlar aniqlangan. 243 mln 178 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar boʻyicha aybdor shaslarga nisbatan 1 ta jinoyat ishi, 101 ta maʼmuriy ishlar ochilgan.

Holat yuzasidan MCHJ rahbariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Energiyadan resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari ham jinoyat ekanligini har bir fuqarolarimiz tushunib yetmogʻi lozim.

Raqamlashtirish:

Hurmatli Prezidentimizning topshiriqlari asosida ichki ishlar organlarini raqamlashtirish masalasiga ham alohida eʼtibor berilmoqda.

Ushbu yoʻnalishdagi vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Misol uchun, 2024-yil davomida 8 ta qizil toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida; 36 yangi kuzatuv kameralari oʻrnatildi, 9 ta jome masjidlariga jami 18 ta, Andijon viloyati, Uychi, Uchqoʻrgʻon tumanlarini Norin tuman hududi bilan bogʻlovchi 4 ta asosiy va 5 ta aylanma yoʻllarga jami 18 ta (9 ta yuzni tanib oluvchi, 9 ta avtomabil raqamlarini qayd etuvchi) kuzatuv kameralari oʻrnatilib, tuman IIB va Viloyat IIB situatsion markaziga integratsiya qilinishi taʼminlandi.

Bundan tashqari yoʻl xaritasida koʻrsatilan 11 ta koʻp qavatli uylarning 7 tasining yoʻlaklari qoʻriqlovga olinib tashvish tugmalari oʻrnatildi, qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan 423 ta obyektlarda va 11441 ta xonadonlarda tushuntirish targʻibot ishlari olib borilib kriminogen vaziyati ogʻir qizil toifaga kiritilgan mahallalarda joylashgan 25 ta obyekt va 206 ta xonadonlarning qoʻriqlovga olinishi taʼminlandi.

Albatta bundan koʻzlangan maqsad, tuman aholisini xavfsizligini taʼminlash, barcha hududlarni qamrab olgan kuzatuvni yoʻlga qoʻyish, shu orqali jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda jinoyatlarni issiq izidan fosh etishdir.

Kelgusida albatta mazkur markaz orqali tizimni raqamlashtirib, shu orqali jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini yanada kuchaytiramiz.

Joriy yil 3-yanvar kuni Hurmatli Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori bilan har bir mahalla xodimlaridan tortib barcha darajadagi rahbarlargacha aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Norin tumanining markazida joylashgan kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan Oʻzbekiston, Bobur, Navoiy, Yaydoq va Katta Yaydoq mahallalariga xizmat koʻrsatuvchi huquq tartibot maskani binosi qurib bitkazilib, 19-aprel kuni foydalanishga topshirdi va 11 nafar IIO xodimlari xizmatga jalb etilib faoliyati olib bormoqda.

Aziz tumanimiz fuqarolari,

Barchamiz jinoyat sodir etilganda keyin emas, uni avvaldan oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik.

Bugungi kunda tumanimizdagi barcha mahallalarida profilaktika inspektorlari bevosita mahalla yettiligi bilan birgalikda kunu-tun xizmat olib bormoqdalar.

Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasi faqatgina   davlat idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu masalalarga eʼtiblik boʻlsak, viloyat hududida jamoat xafsizligi ishonchi taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishamiz.


Norin tumani IIB boshligʻi U.Boyxonov

 

Text to speech