20 Oktyabr 2020 yil 492

Noqonuniy ishlatilgan “Dron” egasiga qonuniy chora ko‘rildi.

2020 yil 7 oktyabr' kuni DXX viloyat boshqarmasi va Namangan shahar IIO FMB TEQKB katta tezkor vakillar tomonidan xamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Namangan tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xududida taqiqlangan uchuvchisiz uchadigan “PHATON” nomli dron apparatini Namangan shahar Yangiasr MFY hududida o‘tkazilgan to‘y marosimida foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 2481-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech