25 Sentyabr 2025 yil 182

Noqonuniy dori vositalari saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 21 sentyabr kuni Pop tumani «Kelachi» mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, 18 turdagi jami 2676 (ikki ming olti yuz yetmish olti) qutida 7343 (yetti ming uch yuz qirq uch) dona, bozor bahosi 250 million so‘m bo‘lgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, chet davlatlarda ishlab chiqarilgan dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 251¹-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech