19 Fevral 2021 yil
379
Nonvoyxonani qimorxonaga aylantirgan shaxs aniqlandi.
2021 yil 6 fevral' kuni, viloyat IIB TEQKB TChXTB tezkor vakili va Pop tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori hamda tuman MG xodimlari bilan hamkorlikda, Pop tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonidagi novvoyxonasida bir guruh fuqarolarni qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib berib, har bir o‘yindan 10.000 so‘mdan cho‘tal olib, moddiy manfaat ko‘rganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 fevral' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati