17 Mart 2021 yil 385

Nonvoyxonaga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi.

Joriy yil 12 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 10 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust shahrida joylashgan nonvoyxonasining eshigini buzib kirib, ochiq qolgan seyfida bo‘lgan 2.315.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida viloyat IIB TEQKB TChXTB tezkor vakili va tuman IIB JQB tezkor vakillari hamda EKG eksperti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech