21 Avgust 2025 yil 56

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi

Boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlari davomida mahallalarda PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda tahlil qilinib, mahalla yettiligi va masʼul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor vazifalari belgilab berilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati IIB boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tuman hokimi ishtirokida Yangiqo‘rg‘on tumanida ham shu kabi o‘rganish ishlari olib borib, tumandagi "Qorapolvon", "Gaznon", “Soybo‘yi”, "Beshbuloq", “Yuksalish” va “Bo‘ston” mahallalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tuman IIB va 1-sonli IIB xodimlarining faoliyati ham o‘rganilib, joriy yilning o‘tgan davridagi ish natijalari tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalari belgilab berildi. Shu bilan birga, "Qizilyozi" mahallasi hududidagi nazorat maskani xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davomida, Qaror ijrosi yuzasidan yetarlicha manzilli ishlar tashkil etmagan masʼul rahbar va xodimlar qatʼiy ogohlantirildi. “Qizil” toifada qolayotgan mahallalarni bosqichma bosqich “sariq” va “yashil” toifalarga o‘tkazish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech