Yangiqoʻrgʻon tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz
mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning
tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli koʻrilmagan
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan
shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin oʻsib borayotganiga
har birimiz birdek guvoh ham boʻlmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish,
oʻzgarishlar samarador boʻlishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va
osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri
darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi
barcha sohalarda qonun talablariga soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi
illatning oldini olishga bevosita bogʻliqdir.
Aziz Yangiqoʻrgʻon ahli!
Oʻzbek vatandoshimizmi, chet ellik
tadbirkor, sarmoyador boʻladimi, barcha - barcha, Oʻzbekistonimizda
tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti
har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan boʻlishi
shart.
Qonun
ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib boʻlmaydi.
“Yangi
Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday
umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Yangiqoʻrgʻon
tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta taʼsir koʻrsatadi, uning
oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda
tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz
kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini
taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab
va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois,
tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat bogʻida, jamoat
joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari koʻrilayapti.
Aziz vatandoshlar !
Biz
jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻyganmiz.
Prezidentimizning
2025-yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan
1-sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay”
muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi,
“mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida
huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida
xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Qarorga
muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen
vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi, viloyat
prokurori rahbarligida viloyat va tuman-shahar prokuraturalarida idoralararo
muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi
doirasida tumandagi jami 71 ta mahallaning kriminogen vaziyati ogʻir, 14 tasiga
masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirildi. Barcha mahallalarning choraklik
manzilli chora-tadbirli yoʻl xaritalari ishlab chiqildi.
Yoʻl
xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda aholi gavjum joylarda 128
ta, koʻp qavatli uylarning hovlisga 360 gradus aylanuvchi 3 ta, mahallalarning
asosiy kirish chiqish joylariga 37 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va
avtomabil raqamini tanib oluvchi 4 ta, maktablardagi maktab va maktabgacha
taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq sport maydonlariga 30
ta, jami 202 ta PTZ-kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 33 dan ortiq
damafonlar, uylarning kirish yoʻlaklariga 200 dan ziyod tashvish tugmalari oʻrnatildi.
Mahallalardagi koʻp qavatli va yakka tartibdagi 200 dan ortiq
xonadonlarni Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmat tomonidan tezkor qoʻriqlovga
olindi.
Mahallalarda
fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt
qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 370 ga yaqin stikerlar
joylashtirildi, mahallalarda 15 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 23 ta
“namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 350 ta
yoritish vositalari bilan taʼminlandi. Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun,
yil boshidan beri tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida qidiruvda yurgan 1
nafar jinoyatchilar ushlandi. Shuningdek, bedarak yoʻqolgan 1 nafar shaxslar
topilib, 4 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga
oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan 13 ta mahallalarning 11 tasida
kriminogen vaziyat saqlanmoqda. (2025-yil 3 oy yakuniga koʻra, Soyboʻyi va
Qorapolvon qizil mahalla toifasida turadi)
Davlat
rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni
oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni yoʻlga qoʻydik.
Bunda,
kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 41 ta oldini olish
mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir
choralari qoʻllanildi.
Eʼtibor
berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun
qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda
sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2-chorak uchun yoʻl
xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda
jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish boʻyicha
kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada
farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 71 ta mahallalarga nomma –
nom biriktirdik.
Har bir
sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqdik va
tarqatdik.
Endilikda,
biriktirilgan xodimlarimiz jinoyat-larning omil va sabablarini oʻrganishdan
tashqari oʻsha hududda amaliy tadbirlarni ham
oʻtkazadi.
Biz endilikda
muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan
yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi
eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha dastlabki
bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi,
jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy
nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning
oʻtgan 1-choragida 11 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 200 nafar shaxslarning
buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq eʼtibor berishi
lozim boʻlgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy
omillarga diqqat qaratmoqchiman.
Shiddat bilan
rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan birga, noqonuniy
boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham oʻylab topmoqdalar.
Keyingi
vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol
boʻladi.
Firibgarlik
va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet
ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
Soʻnggi
vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari duch
kelmagan kiber
makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot
uchun, tumandagi jinoyatlarning 34 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi
jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida birgina
plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan 68 ta
jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oqibatda esa
fuqarolarga 500 mln. soʻmga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
Kiber makonda
sodir etilgan jinoyatlarning 9 tasi yoki 13.2 foizi firibgarlik hamda 59 tasi
yoki 86.7 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi
yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday
jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu sababli, aholimizdan
firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali
kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini hamda bank
kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir
saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz viloyatdoshlar!
Shu oʻrinda,
kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida
ham gapirmoqchiman.
Aytish
kerakki, yilning dastlabki 3 oyi yakuniga koʻra, mast xolda (2-0) va muqaddam
sudlanganlar (4-1) jinoyatini kamaytirishga erishgan boʻlsak-da, voyaga
yetmaganlar (1-3), yoshlar (12-14), ayollar (2-3) jinoyati ishsizlar (1-3),
guruhlar (1-2) jinoyati esa biroz oshgan.
Xususan, oila
va turmushda sodir etilgan huquqbuzar-liklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy
sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli
notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish
boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada,
oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda 312 ta
ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal
qilish boʻyicha 148 ta choralar koʻrildi.
Bulardan
tashqari, 4751 nafar ijtimoiy ximoyaga muhtoj xotin-qizlardan 252 nafari doimiy
ishga joylashtirildi, 311 nafari kasbga oʻqitildi, 465 nafari esa, kasbga
yoʻnaltirildi.
Ushbu
jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda
qolmadi.
Ularning 8
nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 4 nafarining bandligi taʼminlandi, 25 nafarining
ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar
oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha
birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat
uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning sabab va omillarini
koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi,
voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim
va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va
oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi
kuchaytirildi.
Taʼlim
muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat, tigʻ va reyd)
tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 96 nafar bolalar, muntazam dars qoldiruvchi
34 nafar, tarbiyasi ogʻir 74 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning 121 nafari
maktablarga qaytarildi.
Qolaversa,
hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramogʻidan mahrum
boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 14 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha
va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni
taʼminlovchi 29 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan
yana bittasi, bu yoʻl voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir boʻlayotgan
yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish
bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga
qarasak, oʻtgan yilda qariyb 1 ta holatda voyaga yetmaganlar transport
vositalarini yoʻl -transport hodisasini sodir etgan.
Umuman
olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning oʻzida voyaga
yetmaganlarning 2 nafari vafot etgan, 13 nafari esa ogʻir tan
jarohati olgan.
Joriy yilda
esa, voyaga yetmaganlar ishtrokida yoʻl transport xodisasi sodir etilmadi.
Shuning uchun
biz bu borada keng qamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar !
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron boʻlib qolmasliklari
uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida eʼtibor qaratishingizdan
umidvormiz.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga
qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Zero, sir
emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli,
korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida qatʼiy murosasiz
kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun Yangiqoʻrgʻon
axlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha
tashkilotlar boʻyicha tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu mart oyining oʻzida
yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat koʻrsatish, idoralarning boshqaruv
tartibini yaxshilash bilan bogliq 4 ta takliflar ishlab chiqildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda koʻp
masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz.
Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning
sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun,
har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga
eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor
fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik
va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni
hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan
shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar !
Jinoyatlarga
qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda jinoyatlarning har
qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan
aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf
etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir
etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan masʼuliyat,
tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi bilan yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana
bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday koʻrinishiga tezkor
ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan jazoning
muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Barchamiz
jinoyatdan holi yangi Oʻzbekiston uchun birlashaylik!
Yangiqoʻrgʻon tuman prokurori O.Raxmonov