20 Aprel 2025 yil
226
Yangi Namangan tumani hududida fuqaroning egnidagi kiyimidan "Gashish" topildi
2025-yil 17-aprel kuni "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbirlari davomida viloyat IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani hududida shubhali tarzda harakatlanib ketayotgan Chortoq tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro I.T tekshirib ko‘rilganda, u egnidagi shimining cho‘ntagida 0,89 gramm "Gashish" giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati