Neksiya va Isuzuning to‘qnashuvi natijasida yo‘lovchi tan jarohati oldi.
Joriy yil 7 sentyabr' kuni soat 21:10 larda Namangan shahar Chortoq ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Isuzi rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya chayqalishi, qo‘shma shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati