23 Oktyabr 2020 yil 496

Neksiya va Damas o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Shu yil 13 oktyabr' kuni soat 08:30 larda, Namangan shahar Istiqbol MFY Chortoq yo‘li ko‘chasida Neksiya rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi qo‘shma shikast, kalla miya yopiq shikasti, chanoq suyagini yopiq sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 21 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech