5 Avgust 2021 yil 354

"Neksiya" urib yuborgan qiz shifoxonaga yotqizildi.

2021 yil 4 avgust kuni soat 18:45 larda, Xaqqulobod-Izboskan yo‘lining 1 km.da, Norin tumani Bobur MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga yugirib o‘tayotgan piyoda, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, og‘ir qo‘shma shikasti, bosh suyagini sinishi tashxisi bilan og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushub holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech