17 Aprel 2021 yil
369
Neksiya haydovchisi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Joriy yil 14 aprel' kuni soat 23:00 larda, Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida, Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 1958 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati