5 Dekabr 2022 yil 924

Arzon uy-joyga ishonib qolmang

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan, vaqtincha Toshkent shahri Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi 1996 y.t., M.B. tuman IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, "olx .uz" platformasida o‘zini “Javohir” deb tanishtirgan yigit unga arzon narxlarda xonadon ijarasini vaʼda qilib, ijaraga beriladigan xonadon uchun oldindan 1.500.000 so‘m pullarni uning bank kartasiga o‘tkazib berishni so‘ragan, shundan so‘ng “Javohir” platformadan butunlay g‘oyib bo‘lganligini bildirib, firibgarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs muqaddam JKning 276-moddasi bilan sudlangan Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 1995 y.t., X.A. ekanligi aniqlangan.

X.A.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

Text to speech