19 May 2021 yil 360

“Nazorat xarid” tadbirida og‘ufurush qo‘lga tushdi.

Shu yil 4 may kuni soat 14:30 larda, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar ko‘chasida tadbir ishtirokchisiga 600.000 so‘m pul evaziga to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida ushlangan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning hulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech