11 Yanvar 2021 yil 432

“Nazorat harid” tadbirida “Gashish” savdogari ushlandi.

Joriy yil 7 yanvar' kuni Namangan viloyati IIB JQB tezkor vakili, Chust tuman IIB JQB tezkor vakili va TB tergovichilari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Pop tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinada Chust shahar Do‘stlik MFY hududida tadbir ishtirokchisiga 300.000 so‘m pul evaziga 5 dona och pushti rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtda ushlangan.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,42 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech