Nazorat xarid tadbiri davomida «Gashish» savdogarlari qo‘lga olindi.
2022 yil 10 aprel kuni soat 14:00larda, Namangan viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi tomonidan “Nazorat xarid” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 1984 yilda va1999 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs o‘zaro jinoiy til biriktirib, Namangan shahar Sharq Tongi MFY Samarqand ko‘chasida “Shartli xaridor”ga oq rangli sellofan paketga o‘ralgan, 5 bo‘lak giyohvand moddasiga o‘xshash moddani 12.500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 1015.06 gramm bo‘lgan «Gashish» giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.