25 Mart 2021 yil 377

Narxi 6 million so‘mlik bir bosh molni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

Joriy yil 24 mart kuni Chust shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 21 mart kuni noma'lum shaxs, Chust tumanida joylashgan dala hovlisining darvoza eshik qulfini buzib kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 6.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati xududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevral'dagi qo‘shma farmoyishga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan
tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi 1999  yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.   

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech