5 Dekabr 2020 yil 821

“Namunali patrul'-post xizmati xodimi” ko‘rik tanlovi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr' kungi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, ”O‘zbekiston Respublikasi IIVning “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining Patrul'-post xizmati xodimlari o‘rtasida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ri talablari asosida “Namunali patrul'-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul'-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi Namangan viloyatida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Ushbu ko‘rik-tanlov sakkizta bosqichdan iborat bo‘lib unda 35 yoshdan oshmagan 84 nafar PPX xodimlari o‘zlarining jismoniy va aqliy bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech