27 Yanvar 2024 yil 1523

“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” ko'rik tanlovining Namangan viloyat bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbir Namangan tumanining madaniyat markazi binosida bo‘lib, unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, shahar-tuman IIB masʼul xodimlari, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab Namangan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Oybek Xujaqulov mamlakatimizda inson huquqlarini ta‘minlash, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bir qator ijobiy ishlar xususida soz yuritib, tadbirni ochib berdi.

O‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra Davlatobod tumani “Orzu” mahallasining 8-sonli huquq-tartibot maskani birinchi orinni egallagan bo‘lsa, Namangan tumani “Ibrat” mahallasidagi 22-sonli huquq-tartibot maskani esa ikkinchi o‘rinni, Pop tumani “Yangi Xojaobod” mahallasini 30-sonli mahalla huquq tartibot maskani uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Profilaktika katta inspektorlaridan podpolkovnik Dilmurod Maxmudov, kapitan Qaxramon Misirov, podpolkovnik Doniyor Alimboyevlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari va respublika bosqichiga yo‘llanmalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, “Eng fidoyi sektor rahbari”, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng faol mahalla fuqarolar yigini raisi”, “Eng namunali xotin-qizlar faoli”, “Eng faol hokim yordamchisi”, “Eng faol yoshlar yetakchisi”, bundan tashqari, xotin-qizlar, voyaga etmaganlar masalalari boyicha hamda probatsiya guruhi, patrul-post xizmati, yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining ham eng faollari aniqlandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga konsert dasturi namoyish etilib, ko‘rik-tanlov g‘olibi va sovrindorlari diplom, qimmatbaho sovg‘a hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech