Namatak o‘g‘risi qo‘lga tushdi
2022 yil 2 mart kuni, Pop tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20 fevral' kunidan 2 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadoni omborxonasi eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, jami narxi 10.000.000 so‘mlik 500 kg. namatak mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan va Pop tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 2 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati