14 Aprel 2023 yil 888

Namangan viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan «Oydinko‘l» mahallasida joylashgan Pedagogika kolleji binosida Namangan shahri aholisining yashash va turmush sharoitlari, ijtimoiy ahvolini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

O‘tkazilgan sayyor qabul davomida jami 10 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 14 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlar axloq tuzatish ishlari jazosini muddatidan avval tugatish, bir martalik moddiy yordam, mahalla ichki yo‘llarini asfalt qilish, yer uchastkasi ajratish, tikuv mashinasi olishda yordam, yo‘l belgisi o‘rnatish masalalarida kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech