Namanganda xorazmlik fuqaroning telefonini andijonlik shaxs o‘g‘irladi
Shu yil 13 dekabr' kuni, Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 07:00 larda, vaqtincha ijarada turgan Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan 3 qavatli binoning 3-qavatida yashash uchun mo‘ljallangan xonada uxlab yotgan vaqtida noma'lum shaxs, yonida turgan narxi 2.100.000 so‘mlik “Redmi Note-8” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Shaxrixon tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati