Namanganda patrul-post xizmati avtokarvoni aholini Mustaqillik bayrami bilan qutladi.
Patrul'-post xizmati xodimlarining bugungi faoliyatlariga qo‘shimcha sifatida yana bir sharafli ish yuklatildi. Dastlab xodimlar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari rahbarligida shahardagi 26-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olib, ularni mustaqilligimizning 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etishdi va bolajonlarga kitoblar hamda o‘quv qurollari taqdim etishdi. Maxzun qalblar, mayus ko‘zlarga biroz bo‘lsada quvonch ulashish, ularda vatanga muxabbat, kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi tomonidan jangovor saxna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Jasorat, iroda, matonat, kuch va sadoqatni o‘zida aks ettirgan ushbu chiqishlar bolalarda ijobiy taassurot qoldiribgina qolmay, ularning aksariyatida, xatto qizlarda ham kelgusida yurt posboni bo‘lish istagi paydo bo‘ldi. Xodimlar saxna ko‘rinishlari nihoyasiga yetgach bolalarga o‘z kasblarining sir asrorlari xaqida so‘zlab berdilar.
Mehribonlik uyida boshlangan bayram shukuhi Namangan ko‘chalarida davom ettirildi. Piyoda patrullar tomonidan yo‘lda uchragan hamyurtlarimizni bu gal ogoxlantirish yoki niqoblarni taqmaganligi uchun emas, balki bayram tilaklari bitilgan tabrik qog‘ozlarini taqdim etish uchun to‘xtatildi.
Namangan aholisini bayram bilan tabriklashda avtopatrullar xam chetda qolishgani yo‘q. Kechki xizmatga safarbar etilgan xodimlar xizmat vazifasini boshlashdan avval shaxarning ichki va markaziy ko‘chalarida avtokarvonlar uyushtirib, ovoz kuchaytirgichlar yordamida axolini bayram bilan tabrikladilar. Bu esa xalqimizga chinakam bayramona shukuh xadya etdi desak xech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mustaqillik! Ushbu jumla kimlarningdir nazarida oddiygina so‘z bo‘lishi mumkin, lekin ayni shu so‘z bir vaqtlar taqdirlarni o‘zgartirgani, orzularni ushaltirgani rost. Demak, bu ne'matning qadriga yetmoq darkor. Bayram muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!