"Namanganda o‘zidan ketib qolgan KAPTIVA xaydovchisi" izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyat IIBning rasmiy munosabati.
Mingbuloq tumanida 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. 2021 yil 31 avgust kuni soat 09:30 lar atrofida Yangi Namangan tumani, Kelajak tongi MFY, Chortoq yo‘li ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasida harakatlanib kelayotgan vaqtida uning orqasida harakatlanib kelayotgan qora rangli davlat raqami 50 N 514 QA belgili “Kaptiva” rusumli avtomashina haydovchisi D.Yu. Spark haydovchisidan yo‘l berishini so‘rab avtomashina signalini chalib, Sparkni quvib o‘tib, avtomashina harakatlanishiga qarshilik qilgan. D.Yu. o‘zing Kaptiva rusumli avtomashinasida svetaforni taqiqlovchi chirog‘ida o‘tib ortiga qaytgan va avtomashinadan tushib Spark avtomashinasi oldiga kelib, avtomashina eshigini ochib fuqaro T.M.ga xaqoratli so‘zlar bilan murojaat qilgan vaqtida T.M. yovvoyi hayvonlardan himoya qilish maqsadida ishlatiladigan suyuqlikdan D.Yu.ning ko‘z qismiga sepgan. Shundan so‘ng fukaro D.Yu. voqea joyidan ketib yuborgan.
Dastlabki surishtiruv natijasida 50 N 514 QA belgili “Kaptiva” rusumli avtomashina haydovchisi fuqaro D.Yu. 2021 yil 31 avgust kuni o‘zining shaxsiy ishlari bilan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi Do‘stlik chegara posti orqali Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketganligi aniqlandi. Hozirda uni yashash manziliga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati